avatar
Куч
45.37
Рейтинг
+21.97

Musurmon Gulmurodov

Мақолалар

Qashqadaryo qasidasi

Shaxrisabz

Xazrat Sulton tog’i osmonga narvon,


Ziyorat qilsangiz, yo’q dilda armon.


Yil bo’yi arimas cho’qqisida qor,


Shifobaxsh giyohu,chashmalari bor.


 


Buloqdan suv olar sho’x Qashqadaryo,


Qudratiga teng kelmas boshqa daryo.


Asov otdek pishqirib,oqadi shitob,


Ikki kokil sohilin silaydi oftob.


 


Hayratga sazovor,Keshda Oqsaroy,


Diyorim ko’rkiga qo’shadi chiroy.


Qishda ham ufurar bahor nafasi,


Xurshid ko’z uzolmas,kelib havasi.


 


Mo’jizaga to’la,durdona Kitob,


Osmonda oy,yulduz beradi hisob.


Bog’i shamolidan taralar ifor,


Mehnatkash xalqida yo’q gina g’ubor.


 


Yakkabog’dek go’zal, jannat diyorda,


Temurbek tug’ilgan Xo’jailg’orda.


Bulbul kuylaguvchi bir ajoyib bog’,


Lolalar ochilgan purviqor bir tog’.


 


Polvonlar,baxshilar yurti Chiroqchi,


Dashtlar atrofida qirlari soqchi.


Chorvachilik kasbin xalqi qadrlar,


Anvoyi  atirlar sochar adirlar.


 


Dasht- saxro demagil,Qamashi,G’uzor,


Baland inshoatlar,ko’chalar gulzor.


Topmoqdadir qayta rivoj  kasb-hunar,


Deydi xalqi “mexnat qilsang, rizq unar”.


 


Yashnab ketgani rost – Kasbi – yu, Koson,


Mexnatu, baxtidan masrurdir inson.


Oltindek tovlanar boshoqda doni,


Ko’klarga yetgudek paxta xirmoni.


                                                                                          


Qarshi jamoliga Olloh nur berur,


Mard xalqi burgutdek boqadi mag’rur.


Jannatdek bebaho, chamanim,baxrim,


Kelajagi buyuk,qudratli shahrim.


 


Ilm – fan, madaniyat maskani bag’ring,


Senga ko’z tegmasin, yorlaqab Tangrim.


Doim ardoqlaydi Yurtboshing – o’g’ling,


Shul bois kundan – kun baland dovrug’ing.


 


 


Sadoqat Narzullayeva


Shahrisabz tumani 102 —  sonli maktab  9 — sinf o’quvchisi


 


                                                        


Manba Kesh gazetasidan olindi.

Himmatingni ko’rsat, yurtdosh!

Shaxrisabz

Bugun mana qadimiy Kesh,


Belni maxkam bog’ladi.


Ko’rkamlikka, obodlikka,


O’zni shaxdam chog’ladi.


 


Quvonmaymi, ona shahrim,


Yuz ochmoqda jahonga.


Uning yangi qiyofasi,


Faxr – O’zbekistonga.


 


Yashnab turgan gul — gulzorlar,


Obidalarga eltar.


Favvoralar jilosidan,


Xiyobon yashnab ketar.


 


Himmattingni ko’rsat, yurtdosh,


Shahrim bo’moqda obod.


Ulug’ ishga xissa qo’shib,


Ko’ngillarni qilgin shod.


 


 


Qaxramon Aminjonov


Mehnat faxriysi


 


Manba Kesh gazetasidan olindi.

Shaxrisabz tarixi

Shaxrisabz

Shaxrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan. Ulug’ Sohibqironning o’zi ham uning joni shu yerda arshi a’loga uchib ketadi, deb o’ylagan edi. Hattoki maqbarani ham tayyorlab qo’ydi. Lekin taqdir buni boshqacha hal etdi… Ulkan Movarounnahr davlatini yaratgan va uning cheklanmagan hukmroni — amiri bo’lgan Temur Samarqandni o’z poytaxti sifatida tanladi. Lekin o’zining tug’ilib o’sgan kichik vatanini ham hech qachon unutmay, doimo unga g’amxo’rlik qildi. Aslida Shahrisabz davlatning ikkinchi poytaxti edi. Temurning avlodi, Buyuk Mo’g’ullar sulolasining asoschisi Bobur yozishicha: «Kesh shahri Temurbekning tug’ilgan joyi bo’lgani uchun, u shaharni taxt zainia aylantirish uchun ko’p gamhurlik qilgan edi». Amirning buyrug’i bilan bu yerga eng yaxshi me’morlar quruvchilar, me’morchilik bezaklarining ustalari yuborilgan, mahalliy ustalar bilan birgalikda ular turli mamlakatlarning tajribasi va an’analarini uyg’unlashtirib, ulug’vor binolarni barpo etganlar. Ularning ijodi bilimlar, tajriba, an’analar va yaratuvchilik urinishlarining yaxlitlashuvi tufayli ajoyib mevalar berdi, ular XIV asr oxiri – XV asr boshi O`rta Osiyo me’morchiligning xususiyatlarini belgilab bergan monumental uslubning asoslarini yaratdilar.Oqsaroy saroyi bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi bo’lishi mumkin. Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlangan, lekin 1404 yilda ham unda pardoz ishlari tugatilayotgan edi. Bu ulug’vor inshootning o’qsimon gumbazi oralig’i 22 metrdan ortiq bo’lib, temuriylar barpo etgan barcha inshootar orasida eng antiqadir.Temur va temuriylarning davrida shahrlarning ansambllar bilan – majmuiy qurilishi keng tarqalgan. Bu Shahrisabzda ham yaqqol ko’rinadi, bu yerda Dorus-Tilovat va Dorus-Saodat ansambllari ajralib turadi.Dorus-Tilovatni sobiq mahalliy xodagonlar maqbarasida saqlanib qolgan uchta inshoot tashkil etadi. Bu Shamsiddin Kulol va Gumbazi Seyidon maqbaralari hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi inshootlaridir. Shamsiddin Kulol maqbarasi eng birinchi qurilgan. Shayx 1370 yilda vafot etgan bo’lib, uning go’ri izzat-ehtirom qilingan edi.Uning yonida Gumbazi Seyidon – Sayidlar gumbazi nomli Ulug’bek avlodlarining maqbarasi qurilgan. Bu kichik bino o’zining nafis mutanosibligi va chuqur o’ymakor naqshlar bilan qoplangan, ajoyib ishlangan kirish eshigi bilan insonni mahliyo qiladi. Me’morchilik ansamblini mo’g’ullargacha bo’lgan qurilish poydevorida qad ko’targan Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi tugallaydi.Dorus-Saodat ansambli ham uchta qismidan iborat: Jahongir mirzoning go’ri, Hazrati Imom masjidi va Temurnig maqbarasi. 1376 yilda sohibqironning sevimli o’g’li Jahongir mirzo o’lganidan keyin Amir Temur shunday qayg’uga cho’mdiki, «sohibqironning qalbi hamdardlik uchun 30 yil yopiq edi». «Adolatli shahzoda, jasur jangchi, yer yuzida atirguldek ir ko’rinib yo’qolgan» shahzodaning jasadi ajdodlariing vataniga keltirildi, bu yerda uning uchun maqbara qurildi. Keyinroq maqbara oilaviy katta maqbara ichiga kiritilgan edi. Xona ohaktosh bilan qoplangan bo’lib, arkali o’yma tokchalar bo’ylab Qur’ondan olinagn foniy dunyoning bekorligi va boqiy dunyoning g’olibligi to’g’risidagi oyatlar o’yib ishlangan. Masjid va Jahongirning maqbarasiga yaqin joyda faqat Temur uchun mo’ljallangan go’r saqlanib qolgan maqbara bo’lgan, lekin uning o’zi, ma’lumki, Samarqandda dafn etilgan.Lekin Shaxrisabz faqatgina buyuk amirning «taxt zamini» bo’lmagan. Temurning tug’ilishidan ancha ilgari u o’z tarixiga ega edi. Avvalo bu jahonnig eng qadimgi shaharlaridan biri. Olimlarning fikricha, Shahrisabz 2700 yoshda, bu esa «Boqiy shahar» Rimning yoshidir. YuNESKO qaroriga ko’ra aynan shu sana 2002 yilda butun madaniy dunyoda nishonlangan. Eramizdan avvalgi IV asrda iskandar Zulqarnayn lashkarlari dam olish uchun Kesh vohasida to’xtagan, Baqtriyaning satrapi bo’lgan Bess Doro III in o’ldirib, o’zini «osiyo podshohi» deb e’lon Kilgan, lekin uning o’zi aynan shu yerda asirga olingan. VII asrda shaharni arablar qamal qilgan, bir asr keyin esa Kesh shahri Muqanna rahbarligi ostida arablarga qarshi kuchli qo’zg’olonning markazi bo’ldi. Tinch davrda shahar hech qanday to’sqinliksiz o’sib rivojlanar edi, bunga uning gavjum Buyuk Ipak yo’lidagi nihoyatda qulay joylashuvi sabab bo’lgan.O’rta asrlar shoiri Mahmud ibn Vali shunday yozgan: «Kesh — Movarounnahr shaharlaridan… uni jahonning eng go’zal joylaridan biri, juda yaxshi va yoqimli iqlim bo’lgan joy deb hisoblashadi. Uning dalalari va bog’-rog’lari juda jozibali va zavqli». Hurmatli muallif so’zlariga rozi bo’lmay iloji yo’q. Haqiqatan ham Shahrisabz o’zining «Yashil shahar» ismiga juda mosdir

Sizni sevib

Shahrisabz Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi KXK

Bolaligim o`tgan sho`hdargoh,


Bugun seni tark etmoqdaman.


Parvozga shay qushcha misoli,


O`zga oshyon izlamoqdaman.


Buncha yaqin rost-u yolg`on oralari,


Ortib borar xasta ko`ngil yarolari.


Yoshlardanmi ko`zimizning qoralari,


Jonim xato qilmadimi sizni sevib.


 


Sabolarni yo`latmadim men yonimga,


Tilib terdim nishlar kirsa tavonimga,


Titrab turganu voqina shu jonimga,


Jonga jafo qilmadimi sizni sevib.


Jonim hato qilmadimi sizni sevib


 


Bu ne tuyg`u dil oynasi chertib o`tdi


Ol bag`rini qizg`aldoqqa surtib o`tdi


Adash yo`lda ozoringiz turtib o`tdi


Boshga balo qilmadimi sezni sevib


Jonim hato qilmadimi sezni sevib


 


Yuragimning tub-tubida armon qolgan


Baxt deganning borligiga gumon qolgan


Charxi dunning ne zarbidan omon qolgan


Boshga balo qilmadimi sizni sevib


Jonim hato qilmadimi sizni sevib


 


G`urur qo`ymas aytolmayman holim sizga


Zolim edim kunim qoldi zolim sizga


Ko`nglim afgor etsangiz uvolim sizga


Tarki xudo qilmadimi sizni sevib


Jonim hato qilmadimi sizni sevib


 


Qodirova Lobar


Shahrisabz Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi


Boshlang`ich guruhi 1-kurs talabasi

Shahri Kesh

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Шеърият ва адабиёт

Shahri Keshim, shahri Kesh


Chiroyinga bo’ldim lol


Yoningdaman-ku ammo


Qumsadimmi xoynaxoy.


                Shahri Keshim, shahri Kesh


                Mana go’zal bo’lyapti


                O’ynab turar favvora


                Yo’llar ravon bo’lyapti.


Shahri Keshim, shahri Kesh


O’zgaraver mayliga


El ham xissasin qo’shmoqda


Yurtboshim bo’lsin omon.


                   Shari Keshim, shahri Kesh


                  Tinch bo’lgin va faravon


                  Shunday go’zal yurtimni


                  Dovro’g’i  bilgan butun jahon.


Shahri Keshim, shahri Kesh


Tarixing o’zinga boy


Ezgulikni tashlama


Yovuzlarga berma joy.  


 


Gulmurodova Asila


Shahrisabz tumani Duqchi qishlog'i

Yorqin kelajak

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Шеърият ва адабиёт

Hayotimizning go’zal onlari


Gullarga to’lsin, nurlarga to’lsin


Osmonimiz bo’lsin musaffo


Oldindadur hali kelajak


Yorqin kelajak, yorqin kelajak


Oldindadur yorqin kelajak.


                        Tinchlik bo’lsin, totuvlik bo’lsin


                        Har yurtdagi yovlar qurisin


                        Ishonchimiz oshsin tobora


                        Oldindadur hali kelajak


                        Yorqin kelajak, yorqin kelajak


                        Oldindadur yorqin kelajak.


Dunyoda tanho o’zbekmiz,


Har bir bosgan, shahdam qadamlar.


Yosh avlodga bo’lgay poydevor


 Oldindadur hali kelajak


Yorqin kelajak, yorqin kelajak


Oldindadur yorqin kelajak.


 


Gulmurodova Asila 


Shahrisabz tumani Duqchi qishlog'i

Ота тилаги

Erkin Vohidov

Таажжуб, дейман-у ёқа тутаман,


Мурғак бола эдим кеча-ку ўзим.


Бугун қарабсизки, мен ҳам отаман,


Менинг ҳам ўғлим бор — умид юлдузим.


 


Қалбим урмакда шу муштдек юракда,


Янгидан ўсмакда кичкина жисмим.


Демакки, ҳаётим давом этмакда,


Демакки, оламда қолмакда исмим.


 


Нима бор мен учун унингдек азиз? —


Арзир бир сўзига жон фидо этсам.


Жаҳонда нимаки бўлса энг лазиз,


Фақат унинг учун муҳайё этсам.


 


Кипригига зарра қўнмаса қайғу,


Бахти комил бўлса, толеи бекам.


Кўрса мен кўрмаган шодликларни у,


Етса мен етмаган ниятларга ҳам.


 


Аммо у бир умр бўлмай ошино


Тириклик деганнинг заҳмат, дардига,


Била олармикин надир бу дунё,


Ета олармикин ҳаёт қадрига?!


 


Ўғлим, эй, умидим боғида ниҳол,


Ёруғ пешонангни ўпиб силайман.


Шу азиз бошингга энг нурли хаёл,


Қалбингга энг тоза ҳислар тилайман.


 


Улғаярсан, йигит бўларсан бир кун,


Ортда қолар ёшлик, ўйин, эрмаклар.


Оламни елкада кўтармоқ учун


Дунёга келади, билсанг, эркаклар.


 


Эртанги кунингни ўйлаб шу пайтдан


Борлиқни қувончим билан ўрайман.


Сени менга берган бу табиатдан


Сенинг юрагингга олов сўрайман.


 


Майли, мушкул бўлсин сен танлаган йўл,


Толе ҳам, майлига, келмасин осон.


Фақат одам қадрин билар одам бўл,


Бўл инсон дардини билгувчи инсон!..

Саккизинчи март

Erkin Vohidov

Букун ўзгачадир жилваи олам,


Букун ўзгачадир борликда ханда.


Букун кўзларимга гўё қуёш ҳам


Шафақ гулханида таранг чирманда.


 


Букун тонг эгнида атласдан кўйлак,


Шафаққа ўралган  қизлардай гулгун.


Илк бора кўз очиб чиққан бойчечак


Санамлар қўлига интизор бу кун.


 


Бу кун гўзалликнинг қутлуғ айёми,


Қизларнинг кўкламга мослигидир бу.


Юраклар лиммо-лим муҳаббат жоми,


Баҳор келганининг ростлигидир бу.


 


Ҳа, бу кун элда ҳам, дилда ҳам баҳор,


Шодлик хандалари фалакка туташ.


Бу кун эрталабдан йигитлар қатор,


Аттор дўконида атрлар талаш.


 


Отахон чоллар ҳам тавозе билан


Етмиш йиллик ёрин сизлаб турибди.


Букун шоирлар ҳам ўз бисотидан


Энг яхши байтларни излаб турибди.


 


Овора бўлманг, эй, ҳассос шоирлар,


Аёл тасвирига ожиз эрур шеър.


Чунки ёр зулфининг бир толасига


Ташбиҳ топа олмай ўтган Алишер.


 


Севги асрорини изламай қўйинг,


Топилмас нарсани қидирмоқ нечун?


Муҳаббат сирини билолмай ўтган


Карбало даштида овора Мажнун.


 


Минг йилча муқаддам Ҳофизи Шероз


Бир гўзал холига бўлганди банда.


Тасаввур қилолмам, не дер эди у


Букун анжуманда ўзи бўлганда.


 


Балки айтар эди у бир лойиқ сўз,


Балки ташбеҳлари бўлар эди фош.


Чунки, кўзингизга тенг қайси юлдуз,


Юзингиз олдида нимадир қуёш?


 


Сиз, ахир, сийнаси самони қучган,


Сизнинг измингизда замину замон.


Сиз ой кемасида ой бўлиб учган,


Ёрур чеҳрангиздан олам чароғон.


 


Букун ўзгачадир жилваи олам,


Букун ўзгачадир борликда ханда.


Букун кўзларимга ҳатто қуёш ҳам


Шафақ гулханида таранг чирманда.


 


Букун айёмингиз муборак қилиб, 


Зумрад сепини ёйибди баҳор.


Баҳорий қизларнинг ҳуснидай тўлиб


Олам гўзаллиги бўлсин барқарор.


 


Эркин Вохидов шеъри (1971)

Шу қутлуғ кун

Блог им. musurmon
Янгидан туғилди туйғулар гуё,
Кемтик қалблар бўлди гуёки бутун.
Мустақил давлатни таниди дунё,
Кўзларда қувончлар порлади шу кун.
 
Ғанимдан чўчимай, тап тортмай сира,
Ўз йўлин танлади мен ўсган Ватан.
БМТ да байроғи мағрур хилпираб.
Кўзларга ёш қалқди шунда дафъатан.
 
Дўстлар, шу диёрни доим асрайлик,
Мустақиллик мангу мустахкам бўлсин.
Уни жондан севган хар бир инсонниг,
Муроди ушалсин, хам бахти кулсин.
 
Гўзалхон Пўлатова     
Шахрисабз тумани Қатағон агросаноат коллежи талабаси

Бетакрор диёр

Блог им. musurmon
Йигирма бир йилки она юртимда,
Истиқлол нафаси кезиб брибди.
Ўз  йўлин танлаган ўзбек халқининг,
Илдам қадамини сезиб юрибди.
 
Минг шукур, дунёга юз очди Ватан,
Байроғи хилпирар хатто Нью – Йоркда.
Юрагим хаприқар, ғурурга тўлар,
Юртим мадхияси янграган чоғда
 
Гуллаб яшнайверсин бетакрор диёр,
Улуғ боболарим рухи қўлласин.
Хар бир оиласи бўлсин бахтиёр,
Шону шавкатига ҳеч кўз тегмасин.
 
Юлдуз Усмонова
Шахрисабз Халқ таълимига қарашли
14 – мактаб 7 – синф ўқувчиси

Ватан

Блог им. musurmon
Ватанни сев, бутун борлиғинг билан,
Эъзозла гиёху, хар заррасини.
Тупроғи  олтиндир, тополмагайсан,
Кезсак бутун само, ер куррасини.
 
Ватаним танҳо деб баралла айтгин,
Қуёш нури мисол оламга етсин.
Юртим, осмонинингни хурлик қўшиғи,
Болаларнинг шодон кулгуси тутсин.
 
Ватан чорлаганда ошиқсин юрак,
Илиқ, хароратин сезсин хар бир тан.
Эркини улуғлаб,ўссин келажак,
Онадек азиздир, муқаддас Ватан!
 
Лариса Мовлонова
Шахрисабз Халқ таълимига қарашли
39 – мактабнинг она – тили ва адабиёт ўқитувчиси

Ватан муқаддас

Блог им. musurmon
Дўстлар Ватан сўзи,
Қанчалар азиз.
Удир онадайин,
Меҳрибон лазиз
 
Удир юракларда
Энг шарафли ном,
Адибу, шоирга
Бергувчи илҳом.
 
Мусофир юртларда
Соғинч энг катта,
Муносиб бўлиш ҳам
Шараф албатда.
 
Айт, Ватандан азиз
Яна нима бор?
Арзийди минг марта
Қилсанг ифтихор.
 
Дилнавоз Фахриддинова
Шахрисабз Халқ таълимига қарашли
44 – мактаб 7 – синф ўқувчиси

Sen mening nomusim,orimsan,Vatan

Ватан учун яшайлик
Dunyoda nima bor o’zingdan aziz,
Seni onam dedim, gavharim dedim.
Dunyoda nima bor o’zingdan laziz,
Seni otam dedim,sarvarim dedim.
Sen mening tanamda jonimsan,Vatan!
Vujudimda oqqan qonimsan,Vatan!


Qay go’shanga boqsam,yurak hapriqar,
Buyuk o’tmishingdan so’ylar minorlar.
Go’yo yosh niholdek ko’kka intilar,
Ming yillik tarixga guvoh chinorlar.
Dunyoni lol qilgan buyugim,Vatan!
Hech nega alishmas suyugim,Vatan!
 
Hali murg’akkina jajji nabiram,
Beshigin qizg’onar begonalardan.
Shu tuyg’u tufayli o’zi asli ham,
Vatan boshlanadi ostonalardan.
Meni ulg’aytirgan beshigim,Vatan!
Ezgulikka ochgan eshigim,Vatan!
 
Buyuk Navoiyning so’zi bor senda,
Dilkusho,Boburning izi bor senda.
Dunyoni bir umr xayratga solgan,
Tanti va mard xalqing bor senda.
Dilimdan to’kilgan ash’yorim,Vatan!
Sen mening nomusim,ham orim,Vatan
                           
                                Bashorat Quldosheva 

                             Shahrisabz tuman XTB qarashli 41-maktab direktori                 

Барча шодлик сенга бўлсин

Erkin Vohidov











Барча шодлик сенга бўлсин,
Бор ситам, зорлик менга,
Барча дилдорлик сенгаю,
Барча хушторлик менга.
Сен менииг жонимни олгин,
Мен сенинг дардинг олай,
Барча соғлик сенга бўлсин,
Барча беморлик менга.
Сенга бўлсин барча ҳусну
Менга бўлсин барча ишқ,
Кори хунхорлик сенгаю,
Меҳри пойдорлик менга.
Бу жаҳоннинг роҳатин ол,
Бор азобин менга бер,
Сенга бўлсин барча ором,
Барча бедорлик менга.
Ол ўзинг кошоналарни,
Менга қўй майхонани,
Барча ҳушёрлик сенгаю,
Барча хумморлик менга.
Сенга бўлсин нурли кундуз,
Менга қолсин қора тун,
Барча гулшан сенга бўлсин,
Бор тиканзорлик менга.
Сен шаҳаншоҳликни олгии,
Менга қуллик бўлса бас,
Бор жафокорлик сенгаю,
Бор вафодорлик менга.
Майли, остонангда ётсам,
Майли, қувсанг тош отиб,
Бор дилозорлнк сенгаю,
Бор дилафкорлик менга.
Сенга шеърни битсин Эркин
Йиртиб отмоқ ўз ишинг, 
Касои инкорлик сенгаю,
Айбда иқрорлик менга.














Мутахассислик – сенинг келажагинг” кўргазмаси

Shahrisabz Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi KXK
 Умумтаълим мактабларининг 9-синф битирувчиларини касб танлашларига кўмаклашиш, уларни жойларда фаолият юритаётган касб-ҳунар коллежлари ва академик лицейлардаги мутахассисликлар билан яқиндан таништириш мақсадида  2012 йилнинг 23 май куни Шахрисабз туманидаги А.Темур хиёбонида “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати вилоят бўлими Кенгаши, вилоят Халқ таълими, вилоят ўрта махсус касб-ҳунар таълими бошқармалари ҳамкорлигида “Мутахассислик – сенинг келажагинг” кўргазмасини ўтказиш режалаштирилган эди.Ушбу кўргазмада Шахрисабз, Китоб, Яккабоғ, Чироқчи ва Қамаши туманларидан келган академик лицей ва касб-хунар коллежлари эштирок этишди.Улар ўзларининг қайси йуналишларда ўқитишлари буйича мактаб битирувчиларига маълумот беришди.
Шу кургазмадан олиган тасвирлар
































































































































Шаҳрисабз Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги КХК ни кургазмаси











 

Ватан, то танда жоним бор

Erkin Vohidov
Ватан, то танда жоним бор,
Сенингдирман, сенингдирман,
Таним ҳок ўлса ҳам сен ёр,
Сенингдирман, сенингдирман.
 
Жаҳон кенгдир, фалак кенгдир,
Юрак кенгдир, чу сен борсан,
Сенингсиз икки дунё тор,
Сенингдирман, сенингдирман.
 
Менга бегона элларда насиб гар
Ўлса юз роҳат
Чекай бағрингда минг озор,
Сенингдирман, сенингдирман.
 
Агар шодликларинг оздир,
Менингдирсан, менингдирсан,
Магарким ғамларим бисёр,
Сенингдирман, сенингдирман
 
Бугун бор, эрта йўқ жисмим,
Валек руҳим учун мангу
Сенинг мангулигинг даркор,
Сенингдирман, сенингдирман.
 
Сенинг ишқинг билан ёндим,
Кетар жонимда бу оташ,
Сенингдирман, яна такрор,
Сенингдирман, сенингдирман.

So'ngi qo'ng'iroq

Блог им. musurmon
Maktab, saning ostinangni oltin bildim,
Ustozlarni onam kabi hurmat qildim.
Dargohingda unib-o’sib ilm oldim,
To’palonchi bola edim o’yinqaroq.
Bugun esa yangrayapti,
Bugun bizni chorlayapti
So’nggi qo’ng’iriq!
 
Yoshligimning sho’xliklari, xayr sizga,
Gul qizlarning ko’hliklari, xayr sizga.
Ustozlarim poylaringiz suray ko’zga,
Maktab, sani sog’inaman o’zim ko’proq.
Bugun esa yangrayapti,
Bugun bizni chorlayapti
So’nggi qo’ng’iriq!
 
Bila bo’lib qololmaymiz endi bizlar,
Sochlaringiz tortolmaymiz go’zal qizlar.
Sog’inch, quvonch yoshlariga to’la ko’zlar,
Yuraklarda bir orziqish, shirin titroq.
Bugun esa yangrayapti,
Bugun bizni chorlayapti
So’nggi qo’ng’iroq!
                                               Rohila Vahobova

Севги келса

Блог им. musurmon
Севги келса қадди ё ҳам ёш бўлур,
Севгисиз жонона ҳайкалтош бўлур.
 
Меҳри йўқ дилдорни қучма, тошни қуч,
Тош сенга малҳам бўлур, сирдош бўлур.
 
Севги фаслида тикандан гул унар,
Севги кўйида шамол фаррош бўлур.
 
Кўнгли ётлар базми жамшиди — азоб,
Ёр билан бўл, қум есанг ҳам ош бўлур.
 
Чин муҳаббат минг жафога дош берар,
Лек хиёнатга у бебардош бўлур.
 
Бевафоликни яширсанг, ер кўмар,
Лекин осмонларда бир кун фош бўлур.
 
Ғурбат ичра ботди мағрибга қуёш,
Уфқ эмас гулранг, бу қонли ёш бўлур.
 
Ишқ йўлин фирдавс йўли деб англагил,
Пок дилинг, Эркин, бу йўлда бош бўлур.