avatar
Куч
45.37
Рейтинг
+21.97

Musurmon Gulmurodov

Мақолалар

Ватан қадри

Erkin Vohidov
Чашма қошида тиниқ сув
Қадрини билмас киши,
Сайр этиб гулшанда гулни
Кўзига илмас киши.
Ваҳ, бу не ғафлатки инсон —
Кўксида тутмиш ватан,
Ким ватан ичра ватаннинг
Шукрини қилмас киши.
Юрт недир, юрт доғи недир,
Юртдан айрилган билар,
Англагувчи юрт фироқин
Юртда топилмас киши.
Эй, ватандошим, эшит
Бобуру Фурқат ноласин,
Бесабаб андуҳ тиғида
Бағрини тилмас киши,
Билма, фарзандим, ватан ҳажрини,
Лек қадрини бил —
Кимватан қадрини билмас,
Англа, комилмас киши.

Ватан истаги

Erkin Vohidov
Бу ватанда бир Ватан
Қурмоқни истайдир кўнгил,
Ўзни озод қуш каби
Кўрмоқни истайдир кўнгил.
 
Бу Ватан тимсоли бўлса
Тонг қуёши шуълавор,
Шуълалар қўйнида чарх —
Урмоқни истайдир кўнгил.
 
Ул Ватанга байроқ — инсоф,
Туғи сарҳад муҳри — меҳр,
Сарҳад узра соқчидек
Турмоқни истайдир кўнгил.
 
Ким бу тупроқ қадрин истар
Айламоқ тупроққа тенг,
Кўзига тупроқ билан
Урмоқни истайдир кўнгил.
 
Ул Ватан елканларини
Маърифат уммонида
Қиблаи имон сари
Бурмоқни истайдир кўнгил.
 
Бас, етар ёлғон саодат,
Ёлғон эрк, ёлғон ватан,
Ҳуррият завқини чин
Сурмоқни истайдир кўнгил.
 
Қутлуғ истиқлол кунида,
Эй Ватан, бағрингда шод
Эркин ўғлонинг бўлиб
Юрмоқни истайдир кўнгил.
1990

Ватан соғинчи

Erkin Vohidov
Чет элларда хизмат қилаётган ўзбек Биродарларимга
 
Қай олий маконга сафар қилмайин
Қай йироқ соҳилга элтмасин қисмат,
«Ассалом алайкум!» дея жилмайиб
Бир ўзбек қондошим қаршилар албат.
 
Бизлар Коломбога қўнганда саҳар,
Илк бор у қаршилаб парвона бўлди.
Шунда рутубатли, бадбўй бу шаҳар
Кўзимга чарақлаб Фарғона бўлди.
 
Мадорасда тилмоч ул ўзбекзода
Баробар сўзларди саккиз тилда ҳам.
У оқ халат қийиб дорушшифода,
Афғон боласига қўярди малҳам.
 
Нур қасрини тиклаб Фурот узра у
Араб хонасига ёқарди қуёш.
Пахта ўстирарди Нилдан олиб сув,
Қалбида Африқо филича бардош.
 
Мисрда Юсуфдек бўлиб кўринди,
Яманда у менга туюлди Ҳотам.
Бу аён туйғудир — на қилса энди
Оловдек ташланар кўзга ўз одам.
 
Букун олис йўлдан қайтганим чоғда
Илк сатримда сизни қилдим мукаррар —
Эй, сиз, жондошларим, юртдан йирокда
Юртнинг хизматига боғланган камар!
 
Биламан, не азоб юки ҳижроннинг,
Не дарддур ой-йиллар бўлмоқ интизор.
Биламан, соғинчи Ўзбекистоннинг
Кўзингиз тубида ҳамиша бедор.
 
У жаҳон ичида битта жаҳондир,
Бир кўрган умрбод қилгуси ҳавас.
Ернинг тортиш кучин енгмоқ осондир,
Она-Ер меҳридан узилиб бўлмас.
 
Дўстларим, ҳар қайда бўлинг саломат,
Омон қайтинг уйга олис макондан.
Тилагим, ҳеч қачон, ҳеч қачон қисмат
Бизни айирмасин Ўзбекистондан.
1986
 

Баҳор

Erkin Vohidov
Барқут кийиб безанди боғлар,
Саҳролар кўксига тақди қизғалдоқ.
Қуёш этагига оқ булут борлаб,
Ўрик шохларида қовурди бодроқ.
 
Еллар олиб қочди қишнинг хобини,
Барглар чапак чалиб уйғонди шодон.
Бутоқларга қўниб, гул китобини
Варақлашга тушди булбул — ғазалхон....
 
Бугун коинотда эзгу бир ташвиш,
Ғунча гул бўлай деб кўзин очади.
Мусича олдидан бир дона чўпни
Чумчуқ уясига олиб қочади.
 
Ҳайдалган даладан бир хас ортмоқлаб —
Чумоли югурар — у ҳам тирик жон.
Шошилиб чопади табиб ирмоқлар
Ернинг томирига қуймоқ учун қон...
 
Она тупроқ эса куз ташвишида,
Юксак хирмонларга сийнаси юклик.
Унинг сокингина тин олишида
Бордир оналарга хос бир буюклик.
 
1968
 

Erkin Vohidovning bibliografik ko'rsatkich kitobi taqdimoti

Erkin Vohidov
 
O’zbekiston Respuplikasining Fanlar akademiyasi asosiy kutobxonasida 2012 yil 26 aprel kuni O’zbekiston xalq shoiri,O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidov ning  Bibliogarafik ko’rsatkich kitobini taqdimoti bo’lib o’tdi.Tadbirda Toshkent Davlat madaniyat instituti rektori A.O To’rayev, adabiyotshunos olim Ibrohim G’ofurov, Toshkent Davlat madaniyat instituti informatika kafedrasi mudiri texnika fanlar doktori,professor U.F.Karimov,O’zbekiston xalq xofizi Orolmirzo Safarov,  va boshqalar ishtirok etishdi.
TadbirniO’zbekiston Respuplikasining Fanlar akademiyasi asosiy kutobxonasi direktori Z.Berdiyeva olib bordi.
So’zga chiqqan A.To’rayev Erkin Vohidov biblografik qo’llanma kitobi chop etilgani va unda shoirni 60 yillik faoliyati yozilganligi xaqida gapirdi.Hozirgi uchta shoirni bibligrafik ko’rsatkichi yaratilgan deb axborot Toshkent Davlat madaniyat instituti rektori A.O To’rayev bular A.Oripov va R.Bobojonlarning bibliografik ko’rsatkich kitobi chop etilganligi xaqida gapirdi.Bundan tashqari Toshkent Davlat madaniyat instituti informatika kafedrasi mudiri texnika fanlar doktori,professor U.F.Karimov tomonidan Erkin Vohidovni barcha asarlari electron kutubxonasi yaratilganligi xaqida gapirdi.Bu KARMAT dasturi yordamida amalga oshirilgan bo’lib,u orqali nafaqat Respublikamizning barcha Axborot resurs markazlari  foydalanishlar mumkin bo’ladi.  Shunday qilib bu kitobda shoir tomonidan yozilgan 1106 she’r,g’azal,doston va boshqalar aks ettirilgan.
So’zga chiqqan I.G’ofurov avvalombor ushbu kitobni yaratilganligi bilan tabrikladi va bu kitobni qanchalik qadrli ekanligi xaqida gapirdi.Erkin Vohidovni yoshligi va ijodi aks ettirlganligi aytildi.
Tadbirda eshtirok etgan O’zbekiston xalq xofizi Orolmirzo Safarov tomonidan Erkin Vohidov ni she’rlari ijro etildi va tadbirni ajoyib o’tishiga sabab bo’ldi.
 

Amir Temurning hayoti-ijtimoiy siyosiy faoliyati solmomasi

Buyuk sarkadalar
Amir Temurning hayoti-ijtimoiy siyosiy faoliyati solmomasi  

1336 yil Temurbekning tavallud topishi (9 aprel Shahrisabzga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’i)
1360 yil Temurbekning otasi Tarag’ay bahodir vafot etdi.
1360-1361 yil. Temurbek movaraunnahrni bosib olgan Mo’g’iliston xoji Tug’luq Temurxon (1348-1363) xizmatida.
1362 yil Temurbek Moxanda turkman Alibek Joniqurboniyqo’lida tutqunlikda (62 kun)
1363 yil Temurbek amir Xusayn bilan birgalikda Seiston Hokimi Malik Qutbiddinning taklifi bilan yordamga bordi. Zuranj qal`asi uchun bo’lgan urushda o’ng qo’li va o’ng oyog’dan yarador bo’ldi. Temurbek amir Xusayinning say-harakati bilan mug’ullar Movaraunnahr tuprog’idan surib chiqarildi. (1363 kuz fasli).
1364 yil Samarqandda qurultoy chaqirildi. Durji ibn Ilchigiday ibn Duvaxon Chig’atoy usulida xonlik masxadiga o’tkazildi (20 mart). Shu munosabat ila Temurbek bilan amir Xusayin oralariga nizo tushdi.
1365 yil Mo’g’iliston xoji Ilyosho’jaxon (1363-1369) katta qo’shin bilan Turkiston bilan Movaraunnahr ustiga bostirib kirdi. (aprel).
   Chinoz atrofida mug’illar hamda Temurbek bilan amir Xusayn qo’shinlari urtasida katta urush bo’ldi.Ittifoqchilar (Temurbek bilan amir Xusayn) mag’lubiyatga uchradilar (22 may). Bu urush tarixda “Jangi loy” deb ataladi.Mug’ullar Samarqand ostonasida Shaharda xokimiyatni sarbadorlar o’z qo’llariga oldilar. Shahar xalqi sarbadorlar yetakchiligida mug’ulllarni tor-mor keltirdilar.
1366 yil Sarbadolarning boshliqlari Abubakir Kalaviy va Hurdak Buxoriy amir Xusayning amri bilan o’ldirildi (bahor, Konigil).
1366-70 yillar Temurbekning zavjayi muxtaramasi Turkan og’a vafot etdi.
1370 yil  Suyurg’atmish o’g’lon xonlik masnadiga o’tkazildi.
1370-80 yillar Movaraunnahr va Turkistonda feodal tarqoqlikga barham berildi. Mamlakat  bir davlat bo’lib birlashtirildi.
1371 yil Xorazimga Alufa Tavogiy boshliq elchilar yuborildi.
1373 yil Xorazim ustuga ikkinchi yurish (fevral-mart).
1375 yil Xorazimga uchunchi yurish.
1375 yil Mug’uliston ustuga katta yurush.
1377 yil Mug’lustonga, Amir Qamariddinga navbatdagi yurush.
1378 yil Bog’i behisht chorbog’i va qasri quruldi.
1379 yil Amir Temur Xorazim ustiga to’rtinchi marta yurush qildi.
1380 yil Shahrisabzda Oq saroy qasri qurulishi boshlandi.
1381yil A.Temurning Xuroson ustiga yurushi.
1381-1382 yillar Temurning qizi O’ga begim to’sattan vafot etti.
1383 yil Seistonda Shox Qutbidin isyoni.
1384-1385 yillar A. Temurning Eron zamin ustuga qilgan  ikki yillik yurishi, Mozandaron, Rustamdor va Sultoniya bo’ysundirildi.
1386-1388 yillar Isfaxon, Xamadon viloyatlari hamda Ozarbayjon bo’ysundrildi.
1388 yil Amir Temur Xorazim ustiga beshichi marta yurushi Xorazimning uzul-kesil bo’ysundrilishi.
1389 yil Amir Temurning Mug’uliston ustuga Anqo to’raga qarshi qo’shin tortishi. Bolig’ yulduzning olinishi
1390 yil Xizrxo’ja o’g’lon, Anqoto’ra va Mug’ulistonni  biryog’lik qilish xususida Oq yerda qurultoy chaqirilishi.
1391yil Dashti qishloqqa, Toxtamishxonga qarshi katta harbiy yurushning boshlanishi.
1392-1396 yillar Fors va Iroqi arab ustiga qilingan besh yillik yurush. Samur, Terek daryosi bo’yida va  To’xtamishxinning mag’lubiyatga uchrashi.
1397 yil Bog’i shamol va Bog’I Dilkisho chorboqlari bunyod etildi.
1398 yil Hazrat Sohibqiron qishlash uchun Oxangaronga keldi.
1399-1404 yillar Iroqi arab va Shom ustuga uyushtirilgan yetti  yillik harbiy yurush. Qumis, Xomi, Baalbek, Xulla va Vositning olinishi.
1404yil Amir Temut Samarqandga qaytdi. Hazrat Sohibquron yana betob bo’lib qoldi. Xitoyga yurishning boshlanishi. Amir temur lashkar bilan Samarqandan chiqdi.
1405-18.02. Soxibquron Amir Temurning vafoti.  (O’tror shaxri).

Amir Temur

Блог им. musurmon
Dedilar: “Kishvari dururi dilkash,

Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash.

Hizr monand sabzadan rangi,

Sabzasi, suvi ko’zgusi zangi.

Shaxrisabz o’ldi bizga chun mulkat,

Yo’q ajab gar yashil durur kisvat”.
                                                                                                                                                                                  (A.Navoiy)
Yurtboshimiz I.A.Karimov 1995 yil 2 noyabrda bir guruh atoqli olimlar bilan uchrashganda quyidagi so’zlarni keltirgan edi: “Biz qanday ulug’ merosning vorislari ekanimizni also unutmasligimiz kerak, aba shu buyuk merosni xalqqa yetkazishimiz lozim”.
                X-XII asrlarda Markaziy Osiyo tafakkur, ilm markaziga aylanib, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy Yusuf Xos Xojib kabi allomalarimiz jahon fani xazinasini yanada boyitdi.
                Amir Temurning Movaraunnahrni birlashtirish, yagona markazlashgan davlat barpo etish yo’lidagi sa’y harakatlari, qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilik zulmodan ozod bo’lishga, ijtimoiy qarashlarning rivojlanishiga, o’z qomusiy bilim durdonalariga yangi gabharlar kelib qo’shilishiga asos bo’ldi.
                Amir Temur nafaqat kuchli, markazlashgan davlatga asos soldi, balki uni yangicha iqtisodiy, xuquqiy, qonunchilik tizimlarini ishlab chiqdi.
                Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning yoshlikdan bilimga chanqoqligi edi. Temur turk, arab va eron tarixini mukammal bilgani, Qur’on suralarini yod olganligi, Firdavdiyning “Shoxnoma” asari bilan tansihligi, ko’pgina sharlar tarixi bilan qiziqqanligi va sayohatchilarning asarlarini ko’p mutoolaa  qilganligi uning iqtisodiy, ijtimoiy qarashlarining shakllanishiga sabab bo’lgan/
                Shu munosabat bilan o’zbek davlatchiligi poydevorini qurish va uni rivojlantirishga qaratilgan masalalarni o’zida aks ettirgan “Temur tuzuklari”da iqtisodiy qarashlar va muammolarga alohida e’tibor bergani bejiz  emas.
                “Tuzuklar”da keltirilishicha, “Davlatu saltanat, — uch narsa bilan, — mulk, xazina va lashkar bilan tikdir”, deya ta’kidlagan va bunga juda qattiq rioya qilgan va e’tibor qaratgan.  Bundan tashqari davlatu saltanatni boshqarishni to’rt asosiy omilga – hokimiyat organlariga, xazinaga, sipohlarga, raiyatga tayangan holda boshqarishni ko’zda tutgan.
                Demak, Amir Temurning fikricha, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiy imkoniyatlarning ahamiyati katta. Va uning iqtisodiy qarashlari doirasida moliya masalalari muhim o’rin egallagan.
                Davlatning mustahkamligi, tinchligi, kuchliligi birinchi navbatda raiyatning munosabatiga sodiqligiga bog’liq. Shu sabab raiyatning holidan xabardor, ogoh bo’lish tuzugi Amir Temur davlatining eng muhim qonuniga aylandi va unga amal qilina bohslandi. Xalqni yomon xodisalardan, noxaq qatl etishdan, amaldorlar tomonidan talanishdan, xonavayron bo’lishdan asrashni buyurib, ularni davlatdan. Amirdan rozi bo’lish choralari ko’rildi. Xalqni ko’pgina soliqlardan ozod qildi.  Mamlakatni xunuk ko’rsatuvchi omillardan biri gadolikdir, deydi, Temur. Gadolarni yo’q qilmoq uchun uning iqtisodiy ahvolini yaxshilamoq kerak va shu munosabat bilan Temur faqat gadolarga emas, balki ojizlar – ko’r, cho’loq, qariligi sababli mehnatga layoqatsiz, iqtisodiy nochor bo’lganlarga xazina molining beshdan birini ajratgan.Shuni ta’kidlash kerakki, Temurgacha birorta podsho bu kabi ishlarni amalga oshirmagan. Bundan uning qanday olijanob, insonparvar inson ekaniligi ko’rinib turadi. 
                Temur davridayoq ilk byudjet elementlari shakllanganligining guvohi bo’lamiz, ya]ni xazinadagi daromad va harajatlarni yozib boorish, barcha hokimliklardan yozma hisobot olish kabilar amalga oshirilgan va bulra ustidan nazorat o’rnatilgan.Amir Temurning iqtisodir qarashlarida Markaziy Osiyoda rivojlangan iqtisodiy fikrlarning dastlabki kurtaklari o’z ifodasini topgan.   
                Sohibqiron Amir Temur o’z farzandlari va kelajak avlodlarga murojaat qilib:  “O’g’illarim! Millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, also untmang va tadbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdur. Zaifalarini ko’ring, yo’qsullarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin” deb xitob qilgan edi. Amir Temur o’z davrida buyuk qudratli davlatga asos soldi va uni rivojlantirish, mustahkamlash, saqlash, boshqarish tuzuklari – qonunlarini ishlab chiqdi.Sohibqiron Amir Temur ulug’ davlat arbobi, sarkarda bo’lishi bilan birga jamiki insoniy sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan noyob ma’naviyat sohibi hamdir.
                Muhtaram Prezidentimiz Islom Krimov faxr bilan ta’kidlaganlaridek, “Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’kir zehn va aqlu idtok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Iymon-e’tiqodli, halol-pok inson bo’lib yetishdi”. Ulug’ligining asosida avvalo uning ma’naviy sifatlari turadi.    
                Mustaqil, qudratli Turkiston davlatining asoschisi, rahbari Amir Temur ma’naviy salohiyatining kuchi – uning iqtisodiy, moliyaviy, xo’jalik, siyosiy, harbiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar faoliyatida, fanga madaniyatga, adabiyotga, san’atga, me’morchilikka munosabatida, rangba-rang mazmun va ko’rinishlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Sohibqiron o’z hayoti davomida ko’plab shaharlar, masjidu madrasalar, maqbaralar, xonaqolar, qal’a-qasrlar, bog’-rog’lar, sug’orish inshootlari, ravon yo’llar, ko’priklar barpo ettirdi.Amir Temur o’zining butun ongli hayoti davomida islom diniga sidqidildan e’tiqod qildi, uning barcha farz va sunnat ruknlarini taqvodorlik bilan bajardi.
                Amir Temur kabi ulug’ ajdodlarimiz to’g’risoda qanchalik haqiqatni aytsak. Ular bizga shunchalik ruhiy madad, ma’naviyat ato etadilar, o’zligimizni anglashga yordamlashadilar. Milliy g’urur tuyg’ularimizni kuchaytiradilar, iymon, insof, diyonatga da’vat etadilar.  
                Bugun O’zbekiston deb ataluvchi kelajagi buyuk, insonparvar, adolatli xuquqiy davlatga asos solinmoqda. Uning asoschisi Islom Karimovdir.
                Kelajagi buyuk davlatni yaratishda ulug’ bobomizning boy tajribalari, ilmi, ruhi hamisha madadkor bo’ladi.    

Amir Temur

Блог им. musurmon
Dedilar: “Kishvari dururi dilkash,
Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash.
Hizr monand sabzadan rangi,
Sabzasi, suvi ko’zgusi zangi.
Shaxrisabz o’ldi bizga chun mulkat,
Yo’q ajab gar yashil durur kisvat”.
(A.Navoiy)
Yurtboshimiz I.A.Karimov 1995 yil 2 noyabrda bir guruh atoqli olimlar bilan uchrashganda quyidagi so’zlarni keltirgan edi: “Biz qanday ulug’ merosning vorislari ekanimizni also unutmasligimiz kerak, aba shu buyuk merosni xalqqa yetkazishimiz lozim”.
                X-XII asrlarda Markaziy Osiyo tafakkur, ilm markaziga aylanib, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy Yusuf Xos Xojib kabi allomalarimiz jahon fani xazinasini yanada boyitdi.
                Amir Temurning Movaraunnahrni birlashtirish, yagona markazlashgan davlat barpo etish yo’lidagi sa’y harakatlari, qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilik zulmodan ozod bo’lishga, ijtimoiy qarashlarning rivojlanishiga, o’z qomusiy bilim durdonalariga yangi gabharlar kelib qo’shilishiga asos bo’ldi.
                Amir Temur nafaqat kuchli, markazlashgan davlatga asos soldi, balki uni yangicha iqtisodiy, xuquqiy, qonunchilik tizimlarini ishlab chiqdi.
                Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning yoshlikdan bilimga chanqoqligi edi. Temur turk, arab va eron tarixini mukammal bilgani, Qur’on suralarini yod olganligi, Firdavdiyning “Shoxnoma” asari bilan tansihligi, ko’pgina sharlar tarixi bilan qiziqqanligi va sayohatchilarning asarlarini ko’p mutoolaa  qilganligi uning iqtisodiy, ijtimoiy qarashlarining shakllanishiga sabab bo’lgan/
                Shu munosabat bilan o’zbek davlatchiligi poydevorini qurish va uni rivojlantirishga qaratilgan masalalarni o’zida aks ettirgan “Temur tuzuklari”da iqtisodiy qarashlar va muammolarga alohida e’tibor bergani bejiz  emas.
                “Tuzuklar”da keltirilishicha, “Davlatu saltanat, — uch narsa bilan, — mulk, xazina va lashkar bilan tikdir”, deya ta’kidlagan va bunga juda qattiq rioya qilgan va e’tibor qaratgan.  Bundan tashqari davlatu saltanatni boshqarishni to’rt asosiy omilga – hokimiyat organlariga, xazinaga, sipohlarga, raiyatga tayangan holda boshqarishni ko’zda tutgan.
                Demak, Amir Temurning fikricha, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiy imkoniyatlarning ahamiyati katta. Va uning iqtisodiy qarashlari doirasida moliya masalalari muhim o’rin egallagan.
                Davlatning mustahkamligi, tinchligi, kuchliligi birinchi navbatda raiyatning munosabatiga sodiqligiga bog’liq. Shu sabab raiyatning holidan xabardor, ogoh bo’lish tuzugi Amir Temur davlatining eng muhim qonuniga aylandi va unga amal qilina bohslandi. Xalqni yomon xodisalardan, noxaq qatl etishdan, amaldorlar tomonidan talanishdan, xonavayron bo’lishdan asrashni buyurib, ularni davlatdan. Amirdan rozi bo’lish choralari ko’rildi. Xalqni ko’pgina soliqlardan ozod qildi.  Mamlakatni xunuk ko’rsatuvchi omillardan biri gadolikdir, deydi, Temur. Gadolarni yo’q qilmoq uchun uning iqtisodiy ahvolini yaxshilamoq kerak va shu munosabat bilan Temur faqat gadolarga emas, balki ojizlar – ko’r, cho’loq, qariligi sababli mehnatga layoqatsiz, iqtisodiy nochor bo’lganlarga xazina molining beshdan birini ajratgan.
                Shuni ta’kidlash kerakki, Temurgacha birorta podsho bu kabi ishlarni amalga oshirmagan. Bundan uning qanday olijanob, insonparvar inson ekaniligi ko’rinib turadi. 
                Temur davridayoq ilk byudjet elementlari shakllanganligining guvohi bo’lamiz, ya]ni xazinadagi daromad va harajatlarni yozib boorish, barcha hokimliklardan yozma hisobot olish kabilar amalga oshirilgan va bulra ustidan nazorat o’rnatilgan.
                Amir Temurning iqtisodir qarashlarida Markaziy Osiyoda rivojlangan iqtisodiy fikrlarning dastlabki kurtaklari o’z ifodasini topgan.   
                Sohibqiron Amir Temur o’z farzandlari va kelajak avlodlarga murojaat qilib:  “O’g’illarim! Millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, also untmang va tadbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdur. Zaifalarini ko’ring, yo’qsullarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin” deb xitob qilgan edi. Amir Temur o’z davrida buyuk qudratli davlatga asos soldi va uni rivojlantirish, mustahkamlash, saqlash, boshqarish tuzuklari – qonunlarini ishlab chiqdi.
                Sohibqiron Amir Temur ulug’ davlat arbobi, sarkarda bo’lishi bilan birga jamiki insoniy sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan noyob ma’naviyat sohibi hamdir.
                Muhtaram Prezidentimiz Islom Krimov faxr bilan ta’kidlaganlaridek, “Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’kir zehn va aqlu idtok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Iymon-e’tiqodli, halol-pok inson bo’lib yetishdi”. Ulug’ligining asosida avvalo uning ma’naviy sifatlari turadi.    
                Mustaqil, qudratli Turkiston davlatining asoschisi, rahbari Amir Temur ma’naviy salohiyatining kuchi – uning iqtisodiy, moliyaviy, xo’jalik, siyosiy, harbiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar faoliyatida, fanga madaniyatga, adabiyotga, san’atga, me’morchilikka munosabatida, rangba-rang mazmun va ko’rinishlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Sohibqiron o’z hayoti davomida ko’plab shaharlar, masjidu madrasalar, maqbaralar, xonaqolar, qal’a-qasrlar, bog’-rog’lar, sug’orish inshootlari, ravon yo’llar, ko’priklar barpo ettirdi.
                Amir Temur o’zining butun ongli hayoti davomida islom diniga sidqidildan e’tiqod qildi, uning barcha farz va sunnat ruknlarini taqvodorlik bilan bajardi.
                Amir Temur kabi ulug’ ajdodlarimiz to’g’risoda qanchalik haqiqatni aytsak. Ular bizga shunchalik ruhiy madad, ma’naviyat ato etadilar, o’zligimizni anglashga yordamlashadilar. Milliy g’urur tuyg’ularimizni kuchaytiradilar, iymon, insof, diyonatga da’vat etadilar.  
                Bugun O’zbekiston deb ataluvchi kelajagi buyuk, insonparvar, adolatli xuquqiy davlatga asos solinmoqda. Uning asoschisi Islom Karimovdir.
                Kelajagi buyuk davlatni yaratishda ulug’ bobomizning boy tajribalari, ilmi, ruhi hamisha madadkor bo’ladi.    

Хадича бегим

Блог им. musurmon

 Хадича бегим Султон Ҳусайн Мирзо Бойқаронинг суюкли хотини эди.Хадича бегим 1451 йилда Ҳиротда туғилиб, 1457 йилда Султон Абусайид Мирзо Ҳиротни олгач, унга ҳадя этилган хос канизаклардан бири эди. Султон Абусайид Мирзо Хадича бегимни 1465 йилда ўз никоҳига киритади. Султон Абусайид Мирзодан Оқбегим исмли бир қиз ҳам бўлган. 1469 йилда Султон Абусайид Мирзо Ироқда ҳалокатга учрагач, Ҳирот тахтига ўтирган Султон Ҳусайн Мирзо Бойқаро марҳум Султон Абусайид Мирзо ҳарамида Хадича бегимни кўриб, уни севиб қолади ва шаръий иддаси (уч ой) тугагач, ўз никоҳига киритади.
 Хадича бегпм ёш, гўзал, димоғдор, енгил табиат аёл бўлиб, айни вақтда табиатан ичи қоралик ва макр-ҳийлага мойил эди. Заҳиридин Муҳаммад Бобур Мирзо (1483—1530) Хадича бегим ҳақида: «Ўзини оқила тутар эди, вале беақл ва пургўй (кўп гапирувчи, эзма) хотун эди, рофизия (шиийлик мазҳабининг бир оқими) ҳам экандур»,— деб ёзади. Дарҳақиқат, Хадича бегим тез фурсатда ўзининг жозибали ҳусн-латофати-ю маккорона илтифотлари бнлан Султон Ҳусайн Бойқарони ўзига ром қилиб, ҳарамда улуғ бекалик ўрнини эгаллайди.

Шодмулк хотун

Соҳибқирон Амир Темур
Илм-фан
 Тарихчи Шарафуддин Али Яздийнинг ёзишича, Шодмулк Хотун Самарқанд шаҳрининг қуйи табақасига мансуб ҳунарманд оиласида дунёга келади. Амир Темурнмпг суюкли набираси Халил Султон Мирзо (Мироншоҳ Мирзонинг ўғли, 1366—1408) кунлардан бир кун шаҳар четидаги боғ кўчадан отда ўтиб кетаётиб, Шодмулкка кўзи тушади ва уни севиб қолади. Халил Султон Мирзо (1384—1411) жасоратли, ҳарбий салоҳиятли ва истеъдодли йигит бўлган.